TOShKENT, 23 noya - Sputnik. Tojikiston parlamenti quyi palatasi spikeri Shukurjon Zuxurov Rossiya migrantlardan "bosim" dastagi sifatida foydalanyapti, deb hisoblashini ta’kidladi.
"Davlat rahbarlari, parlamentlar spikerlari tojik migrantlarining Rossiyadagi ahvolini ko‘plab marotaba muhokama qilishgan. Moskvadan "yaxshi", degan javob yangraydi va hammasi shu bilan yakun topadi. Bizning migrantlarimiz aksariyat hollarda ayrim davlatlar tomonidan bosim dastagi sifatida foydalaniladi", - deb aytgan Zuxurov davlat budjeti muhokamasi davomida.
Ammo bosim qanday shakldaligiga amaldor tomonidan aniqlik kiritilmagan.
Zuxurov, shuningdek, Rossiya 2017-yilda Tojikiston fuqarolari uchun keng ko‘lamli amnistiyani amalga oshirganini, 2013-yildan faqat tojikistonlik migrantlarga Rossiyada 15 kungacha registratsiyasiz qolishga ruxsat berganini, malakali mutaxassislarga qo‘shimcha imtiyozlar joriy etganini, Tojikiston fuqarolarini Rossiyaga uyushgan tartibda ishga joylashtirish to‘g‘risidagi bitimni ko‘rib chiqayotganini va migrantlar uchun o‘z-o‘zini band qilish tizimini joriy etib, ularga 4000 rublgacha pullarini tejash imkoniyatini yaratishni rejalashtirayotgani haqida lom-mim demagan.