TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. Moskva viloyati dumasi deputatlari viloyatda patent narxi keyingi yildan boshlab 350 rublga oshirish toʻgʻrisida qonun loyihasini qabul qilishdi, deb xabar qildi "Moskva" nashri.
2020 yilda patent narxi oyiga 5350 rublini tashkil qiladi.
Kuni kecha Moskva byudjetiga yil boshidan patentlar rasmiylashtirishdan 13 milliard rubldan ortiq mablagʻ kelib tushgani haqida xabar qilgandik.
Yanvar-sentyabr oylarida migrantlarga 338 ming dona patent rasmiylashtildi. Bu oʻtgan yilgan nisbatan 6 foizga oshdi.