Mirziyoyev: ba’zi rahbarlar matbuotchilar bilan muloqotda ma’naviyatni unutib qo‘ymoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev ba’zi rahbarlar xalq bilan, matbuotchilar bilan muloqotda oddiy muomala madaniyatini, ma’naviyatni unutib qo‘yayotganini aytdi va barcha bo‘g‘indagi rahbarlar, xususan, OAV xodimlari ham mas’uliyat va javobgarlikni chuqur anglashi kerakligini ta’kidladi

TOShKENT, 23 noya - Sputnik. Kuni kecha o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasidagi muomala madaniyati masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
AOKA rahbari bloger va muxbirlarni shoshqaloqlik qilmaslikka chaqirdi

"Bugun sizlar bilan yana bir muhim masalani muhokama qilib olishimiz zarur. Barchangiz ko‘rib, bilib turibsiz, bugun jamiyat hayotining barcha jabhalarida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanmoqda. Zamon tez rivojlanmoqda, xalqimizning dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Bu borada ayniqsa, ommaviy axborot vositalari katta rol o‘ynamoqda. Ular hayotiy muhim masalalarga e’tiborimizni qaratib, muammolarni hal etishda bizga ko‘maklashmoqdalar. Demokratik jamiyatning asosiy talablaridan biri ham shu. Shuni esdan chiqarmaylik, matbuotni faoliyatimizni aks ettiruvchi ko‘zgu deb bilishimiz kerak. Afsuski, ko‘p yillar davomida biz ana shu ko‘zguga qarashni o‘zimizga ep ko‘rmadik. Oqibatda haqiqiy qiyofamizni ko‘rolmay qoldik", - dedi davlat rahbari.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, ayrim hollarda rahbarlar tomonidan tanqidni qabul qila bilmaslik, nima qilib bo‘lsa-da, uni tan olmaslikka bo‘layotgan urinishlarda ham ko‘zga tashlanmoqda. Ba’zi rahbarlar xalq bilan, matbuotchilar bilan muloqotda oddiy muomala madaniyatini, ma’naviyatni unutib qo‘yishmoqda. Ular tomonidan qilingan murojaatlarga o‘z vaqtida, xolis javob berilmasligi ham haqli e’tirozlarga sabab bo‘layapti.

"O‘zingiz guvoh bo‘lib turibsiz, deyarli har kuni ijtimoiy tarmoqlarda qaysidir rahbarning faoliyati bilan bog‘liq shov-shuvli xabar tarqalayapti. Ularda berilayotgan tanqidiy materiallarga o‘z vaqtida xolis, asosli munosabat bildirilmayotgani oqibatida odamlar orasida har xil fikrlar, bahs-munozaralar yuzaga kelmoqda. Eng achinarlisi, ba’zi rahbarlar jamoatchilik o‘rtasida turli ziddiyatlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday holatlarning oldini olish o‘rniga, kibru havoga berilish, o‘ziga bino qo‘yish bilan masalani yanada chigallashtirmoqda", - deb ta’kidlagan Mirziyoyev.

Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Jahongir Ortiqxo‘jayev va jurnalistlar muammosi hal bo‘ldi

Davlat rahbari rahbarlar nafaqat o‘zining sha’nini, balki davlat idorasining obro‘sini ham saqlashga mas’ul ekanini unutmasliklari kerakligini, rahbar har qanday to‘siq va qiyinchiliklarga, keskin va dolzarb muammolarga duch kelmasin, vaziyatdan og‘ir-bosiqlik va vazminlik bilan chiqib, faqat qonunga asoslangan to‘g‘ri qaror qabul qilishi shartligini aytgan.

"Shu bilan birga, har qaysi rahbar o‘z mas’uliyati va javobgarligini, avvalo o‘z vijdoni oldida, unga ishonch bildirgan
el yurt oldida chuqur anglasa, faoliyatida qat’iyatlik bilan vazminlik, talabchanlik bilan aql-zakovatni uyg‘unlashtira olsa, xalqning chinakam mehrini va ishonchini qozona oladi. Xoh u Hukumat a’zosi bo‘ladimi, vazir bo‘ladimi, xoh hokim bo‘ladimi yoki prokurormi, ushbu talab – barchamizga, ommaviy axborot vositalari xodimlariga ham birdek tegishli. Buni unutishga hech birimizning haqqimiz yo‘q", deb o‘z so‘zini yakunlagan prezident.

Yangiliklar lentasi
0