AOKA rahbari bloger va muxbirlarni shoshqaloqlik qilmaslikka chaqirdi

Obuna bo‘lish
Allamjonov qonun doirasida faoliyat ko‘rsatgan barcha jurnalist va bloger bevosita Agentlikning himoyasida ekani va hamisha shunday bo‘lib qolishini ta’kidlagan

TOShKENT, 13 noya - Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov kuni kecha jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov bilan bog‘liq hodisa yuzasidan tashkillashtirilgan brifingda barcha OAV vakillari va blogerlarni biror masalani ommaga ko‘tarib chiqayotganda, shoshqoloqlik qilmaslikka chaqirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Kupol mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Komil Allamjonov YTHda halok bo‘lgan jurnalist oilasiga hamdardlik bildirdi

AOKA rahbarining so‘zlariga ko‘ra, keyingi vaqtda unga "Nafosat Olloshukurova hamda Davlatnazar Ro‘zmetov bilan bog‘liq holatga nega jimsiz, nima uchun munosabat bildirmayapsiz, demak bu yerda bir gap bor", mazmundagi tanqidiy fikrlar ko‘p bildirishgan.

Ayrim blogerlar esa voqea va holatni aniq bilmasdan turib, "ana boshlandi, tanqid qilgan jurnalistni endi shunday taqdir kutadi", degan noo‘rin gaplarni ham aytishgan.

"Agarda Agentlik qaysidir voqea yuzasidan bayonot bermagan yoki sukut saqlagan bo‘lsa, bu — ushbu holatni nazardan chetda qoldirdi, degani emas. Sohaga taalluqli barcha holatlar e’tiborimizda va ularning barchasi o‘rganib chiqilmoqda. Qonun doirasida faoliyat ko‘rsatgan barcha jurnalist va bloger bevosita Agentlikning himoyasida va hamisha shunday bo‘lib qoladi", - deb ta’kidladi Allamjonov.

Igrok sbornoy Panami Felipe Baloy, pribivshiy s komandoy v Saransk dlya uchastiya v matchax chempionata mira po futbolu 2018 - Sputnik O‘zbekiston
O‘ldirilgan jurnalistlarning 90 %i korrupsiyaga qarshi kurashgan - YuNESKO

Brifing davomida barcha mutasaddi rahbarlar YTHda halok bo‘lgan Ro‘zmetov bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritishgan. Xususan, marhum Davlatnazar Ro‘zmetovning avtohalokati chizmalarda va videokameralardan olingan fotolar bilan tushuntirib berilgan, ruhiy holatida muammolar borligi aytilgan bloger Ollashukurova masalasida ham aniq diagnoz keltirilgan.

"Marhum jurnalistning oilasiga, albatta, Agentlik tomonidan yordam ko‘rsatiladi. Ollashukurovaga esa tezroq sog‘ayib, oilasi bag‘riga qaytishini tilab qolamiz", - deb ta’kidlagan Allamjonov va qonun doirasida faoliyat ko‘rsatgan barcha jurnalist va bloger bevosita Agentlikning himoyasida ekani va hamisha shunday bo‘lib qolishini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0