Lavrov yapon hamkasbi bilan Tokio va Vashington harbiy alyansini muhokama qiladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lavrov fikriga ko‘ra, Tokio va Vashingtonning harbiy hamkorligi "Rossiya-Yaponiya munosabatlarini sifat jihatdan yangi bosqichga chiqarishda muammo bo‘lib qolmoqda"

TOShKENT, 23 noya - Sputnik. Moskva Yaponiya va AQSh o‘rtasida tuzilgan harbiy-siyosiy alyans tufayli Tokioga milliy xavfsizlik masalalariga oid tashvish ro‘yxatini taqdim etdi, dedi RF TIV rahbari Sergey Lavrov. RIA Novosti xabari asosida.

Strategicheskiy bombardirovshik Tu-95 MS - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya bombardimonchi sababli Yaponiya qiruvchi samolyotlari osmonga ko‘tarildi

"Yapon hamkasblarimiz ushbu tashvishlarga munosabat bildirishga va’da berdilar. Ularning javobini kutamiz va mubohasani davom ettiramiz", - deb aytgan Lavrov jurnalistlarga.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, u bu mavzuni Rossiyaga dekabr oyida tashrifi rejalashtirilgan yapon hamkasbi Tosimitsu Motegi bilan muhokama qilishni rejalashtirgan.

Rossiya TIV rahbari shuni alohida qayd etdiki, Tokio bilan munosabatlarda Vashington omma oldida biror bir iymanishsiz Rossiya va Xitoyni o‘zi uchun bosh xatar sifatida ko‘rishini tasdiqlamoqda hamda shu chaqiriqlardan kelib chiqqan holda Yaponiya, Avstraliya va Janubiy Koreya bilan harbiy alyanslar tuzmoqda.

Lavrov fikriga ko‘ra, Tokio va Vashingtonning harbiy hamkorligi "Rossiya-Yaponiya munosabatlarini sifat jihatdan yangi bosqichga chiqarishda muammo bo‘lib qolmoqda".

Tinchlik bitimi muammolari

Rossiya va Yaponiya munosabatlariga ikki davlat o‘rtasida tinchlik kelishuvi yo‘qligi uzoq yillardan buyon soya solib keladi. Ikki davlat Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, Janubiy Kuril orollarining kimga qarashliligi masalasi tufayli bu bitimni imzolashmagan.

Ostrov Shikotan - Sputnik O‘zbekiston
Kuril orollaridagi Rossiya bayrog‘i tushirilmaydi - Putin

Yaponiya 1855-yilda Savdo va chegaralar to‘g‘risidagi ikkiyoqlama traktatga tayangan holda Kunashir, Shikotan, Iturup orollari va Xabomai tepaliklariga da’vogarlik qilib keladi. Moskva pozitsiyasiga ko‘ra, ushbu orollar Ikkinchi jahon urushi yakunlariga ko‘ra SSSR tarkibiga kiritilgan va ular ustidan Rossiya suvereniteti shubhaga olinishi mumkin emas.

1956 yilda SSSR va Yaponiya imzolagan qo‘shma deklaratsiyaga asosan, Moskva tinchlik bitimi imzolangach, Xamobai va Shikotan orollarini Yaponiyaga taqdim etish imkoniyatini ko‘rib chiqishga rozilik bildirgan. Shu bilan birga hujjatda Kunashir va Iturup taqdiri tilga olinmagan. Ammo keyingi muzokaralardan hech qanday natija bo‘lmagan. Tokio pozitsiyasiga AQSh ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas. Qo‘shma Shtatlar agar Yaponiya faqat ikkita orol qaytarilishiga rozi bo‘lsa, u holda Tokio Okinava orolini Amerikaga qaytarishiga ta’sir o‘tkazishi mumkinligi bilan po‘pisa qilgan, deya taxmin qilinadi.

O‘tgan yil noyabr oyida Rossiya va Yaponiya yetakchilari Singapurda uchrashuv o‘tkazgan edilar. O‘shanda yapon bosh vaziri Sindzo Abe tomonlar 1956-yilgi deklaratsiya asosida muzokaralarni tezlashtirishga kelishib olgani haqida bayonot bergan edi.

Shu bilan birga, Rossiya hukumati Yaponiya eng avvalo Ikkinchi jahon urushi yakunlarini, shu jumladan Rossiyaning Janubiy kuril orollari ustidan suverenitetini tan olishi kerakligini ko‘plab marotaba qayd etishgan.

Yangiliklar lentasi
0