TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. S-400 zenit-raketa tizimi ortilgan Rossiya harbiy samolyotlari Turkiyaga birin ketib yetib kela boshladi. Ayni damda yettinchi samolyot Murtez aviabazasiga kelib qo‘ndi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“S-400 tizimining Turkiyaga yetkazib berilishi bu Vladimir Putinning – yirik g‘alabasi bo‘ldi. Endi Turkiya NATOni ham tark etishi mumkin”, - deb hisoblaydi germaniyalik professor Tomas Yeger Focus Online hujnali sahifalarida.
Yegerning fikriga ko‘ra, Anqara va Moskvaning ushbu bitimi AQSh va Turkiya munosabatlarini yanada yomonlashtiradi. Agar bu Turkiyaning NATOdan chiqishiga olib kelsa – bu ulkan NATO uchun geosiyosiy mag‘lubiyat bo‘ladi. Agar Turkiya NATOdan chiqmasa bu alyans ichida o‘zaro ishonchsizlikning oshishiga sabab bo‘ladi. “Nima bo‘lganda ham NATO ichiga pona qoqildi, endi u alyansni yorishni boshlaydi”, - deb hisoblaydi Tomas Yeger.
“Turkiya bilan Rossiya orasida ushbu bitimning tuzilishi o‘zi katta sensatsiya bo‘lgan edi. Endi esa bu bitim butun dunyoda Rossiyaga bo‘lgan ishonchning oshishiga xizmat qiladi. AQSh Turkiyaga qarshi bosimini kuchaytirishi mumkin. Ushbu vaziyatda eng ozij tomon – Yevropa. U hech narsani hal qila olmaydi”, - deb xulosa qilgan ekspert.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Turkiya orasida S-400 zenit raketa tizimini yetkazib berish haqida shartnoma 2017-yilda imzolangan edi. Umumiy qiymati 2,5 milliard dollar bo‘lgan ushbu bitim Rossiya tomonidan Turkiyaga 4ta s-400 divizionlarini yetkazib berishni nazarda tutadi. Shartnomaning bir qismi Turkiya mablag‘idan bir qismi Rossiya kreditlari hisobidan amalga oshirilgan.