TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Moskva budjetiga yil boshidan patentlar rasmiylashtirishdan 13 milliard rubldan ortiq mablag‘ kelib tushdi, deb xabar qildi poytaxt meriyasi.
Moskva iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamenti rahbari Denis Tixonovning so‘zlariga ko‘ra, 9 oyda mehnat migrantlar Rossiya poytaxtiga 13,2 milliard rubl keltirdi. Bu o‘tgan yilgan nisbatan 1,7 foizga ko‘p.
Ta’kidlanishicha, yanvar-sentabr oylarida migrantlarga 338 ming dona patent rasmiylashtildi. Bu o‘tgan yilgan nisbatan 6 foizga oshdi.
Meriya ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yildan boshlab mehnat migrantlari shahar budjetiga 72 milliard rubl to‘lashdi. Moskvada umumiy hisobda ikki milliondan ortiq patent berildi.
Yaqinda Moskva meriyasi patent narxini 350 rublga oshirishni rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.