Kredit berishdan oldin fuqaroning barcha qarzlari hisoblanadi - MB

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishZnak protsenta
Znak protsenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholiga berilayotgan kreditlar turi va sonini oshirish bilan bir vaqtda qarz yukini hisobga olish tizimi ham yo‘lga qo‘yiladi.

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. O‘zbekistonda berilgan kreditlarning katta qismi - fuqaroga tavsiya etilgan qarz yukidan ortiq ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Markaziy bank.

Aholiga ajratilgan kreditlar bo‘yicha jami 150 mingdan ortiq shartnomalar ko‘rib chiqilganda, ushbu shartnomalarning 35,3 % ida (avtokredit - 67 %, mikroqarz - 37 % va iste’mol krediti - 25 %) qarz yuki tavsiyaviy meyordan yuqori ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Analitik finansovoy gruppi Kalita-finans Dmitriy Golubovskiy - Sputnik O‘zbekiston
“Ishtahani tiygan yaxshi”. Ekspert O‘zbekistonni qarzlarga botmaslikka chaqirdi

Qarz yuki – bu kredit to‘lovlarining daromadga nisbati. Ushbu ko‘rsatgich 50%dam kam bo‘lgani yaxshi, ya’ni muayan fuqaroning barcha kreditlar bo‘yicha oylik to‘lovlari uning oylik daromadining 50%idan oshmasligi kerak.

Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, qarz yukining oshib ketishi kelajakda jiddiy iqtisodiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli ushbu ko‘rsatgich doimo nazorat ostida bo‘lishi kerak.

Ushbu maqsadda Markaziy bank “Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz yukining ruxsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki o‘sishini cheklash to‘g‘risida”gi nizom ishlab chiqib uni muhokama uchun O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirgan edi. Yangi qonuniy hujjat yuzasidan bildirilgan fikrlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng nizom loyihasi qayta ko‘rib chiqildi va unga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, qarz yukini hisoblash qarz oluvchining amaldagi kreditlari bo‘yicha qarz qoldig‘i yig‘indisi 10 million so‘mga teng va undan oshganda hisoblash belgilanadi. Shuningdek qarz yukining eng yuqori ko‘rsatkichi esa 50 %gacha oshirilgan.

Bank xabarida aytilishiga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar aholining keng qatlamlari uchun kredit olish imkoniyatini chegaralamaydi va shu bilan birga qarz yukining xavfli darajada oshib ketishining oldini oladi.

Yangiliklar lentasi
0