Afg‘on tadbirkorlari Surxondaryoda za’faron va anor yetishtirmoqchi

© DarakchiPlantatsii shafrana
Plantatsii shafrana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019-2020 yillarda afg‘on tadbirkorlari Surxondaryoda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida qiymati 46 million dollar bo‘lgan 40 loyihani amalga oshirishi rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Muhammad Muhsin Amiriy rahbarligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi Surxondaryoga keldi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Liniya po proizvodstvu sementa - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda qiymati 144 million dollarlik sement zavodi ishga tushdi

O‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari viloyat hokimi To‘ra Bobolov bilan uchrashdi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuv chog‘ida viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish, eksportga yo‘naltirilgan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, tog‘-kon tarmog‘ini rivojlantirish va boshqa investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashilgan.

Shuningdek, dunyoga mashhur Jalolobod anorlarini Surxondaryoda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish masalasida ham kelishib olingan.

2019 yilning o‘tgan davrida Afg‘onistonga Surxondaryo viloyatidan 45 million dollardan ortiq qiymatdagi mahsulotlar eksport qilingan. 2019-2020 yillarda afg‘on tadbirkorlari hamkorligida Surxondaryoda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida qiymati 46 million dollar bo‘lgan 40 loyihani amalga oshirishga kelishilgan.

Yangiliklar lentasi
0