O‘zbek olimlari dunyoda muqobili yo‘q kuchli bioo‘g‘it yaratishdi

© AFP 2023 / JEAN-FRANCOIS MONIERVnesenie udobreniy v pochvu
Vnesenie udobreniy v pochvu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur bioo‘g‘itlar bug‘doy ekinlarida sinovdan o‘tkazilib, kutilgandan ortiq ijobiy natijalar olindi. Sug‘orish suvining sarfi 30 foizga kamaydi va bunda qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi 30-50 foiz ko‘paydi.

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. O‘zbekiston fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti va “Green biotech” MChJ QK innovatsion kompaniyasi  “Fosstim” va “Rizokom” deb nomlangan kuchli bioo‘g‘it va biostimulyatorlarning yangi avlodini yaratdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar qilmoqda.  Uni tajribaviy ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilda mazkur bioo‘g‘itlar bug‘doy ekinlarida sinovdan o‘tkazilib, kutilgandan ortiq ijobiy natijalar olindi: kimoviy va mineral o‘g‘itlar sarfi qisqardi, tuproq va o‘simliklarning fosforlanish, sho‘rlanish, metatoksin bilan ifloslanish darajasi pasaydi va sho‘rlangan yerlarning unumdorligi ko‘tarildi hamda atrof-muhit holati yaxshilandi; sug‘orish suvining sarfi 30 foizga kamaydi va bunda qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi 30-50 foiz ko‘paydi. Bularning barchasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining oshirilishiga olib keldi.

V Uzbekistane poyavilsya noviy sort xlopchatnika - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda g‘o‘zaning yangi navi yaratildi

Mazkur loyihani moliyalashtirish uchun 9,6 mlrd. so‘m investitsiya kiritilgan bo‘lib, ishlanmadan kutilayotgan yillik daromad esa 7,5 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.

Loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichida ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar o‘rnatildi. Buning uchun xorijiy investor 1,7 mlrd. so‘m hajmida investitsiya kiritdi va oyiga 1000 litr bioo‘g‘it ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, mahsulotni tijoratlashtirish jarayoni boshlandi.

Ta’kidlanishicha, ekologik jihatdan xavfsiz bo‘lgan bioo‘g‘itlar o‘simliklar kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kompleks kurashish xususiyatga ega bo‘lib, dunyoda uning muqobili mavjud emas. Kimoviy moddalar o‘rniga mikroorganizmlar va biologik texnologiyalar asosida yaratilgan bioo‘g‘itlar qishloq xo‘jaligida pestitsidlardan foydalanishni bartaraf etadi, tuproq unumdorligini oshiradi, o‘simliklar kasalliklari va zararkunadalariga qarshi kurashadi.

Yangiliklar lentasi
0