Moskvada patent narxi ko‘tarilishi kutilmoqda

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva hukumati 2020-yilda mehnat migrantlari uchun patent narxini ko‘tarishni rejalashtirmoqda. Hozirgi vaqtda patent narxi 5000 rublni tashkil qiladi.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Moskva meriyasi mehnat migrantlari uchun patent narxini ko‘tarishni rejalashtirmoqda.

Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning qaysi mintaqasida migrantlar uchun eng qimmat patent joriy etilgan?

Bu haqda Moskva hukumati prezidiumi yig‘ilishi materillarida aytilgan.

Poytaxt amaldorlari taklifiga ko‘ra, patent narxi 350 rublga qimmatlashadi – hozirgi 5000 rubldan 5350 rublga ko‘tariladi. So‘nggi marta patent narxi ko‘tarilishi sezilarli bo‘lib, birdaniga 500 rublga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda patent narxi oyiga 4500 rublini tashkil qilgan. 2018-yilda Rossiyada mehnat migrantlari uchun patentning maksimal qiymati Uzoq Sharq va shimoliy mintaqalarda o‘rnatilgandi.

Rossiyaning barcha hududlari orasida patentning o‘rtacha narxi 3,9 ming rublni tashkil qiladi.

Moskva meri Sergey Sobaninning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada ro‘yxatdan o‘tish va patent berish tufayli migrantlar o‘rtasidagi jinoyatchilik ikki baravar kamaydi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha butun bir dastur qabul qilindi. Xususan, ular O‘zbekistonning o‘zida ish beruvchini tanlashi, tashkiliy tanlov asosida Rossiyada ishlash uchun ketishlari mumkin. Bundan tashqari, migrantlarga O‘zbekistonda uy-joy sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi, sug‘urta imtiyozlari ishlab chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0