Koreya fond birjasi O‘zbekistonda fond bozori rivojlanishini prognoz qilmoqda

Fondovaya birja - peregovori
Fondovaya birja - peregovori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha davlat korxonalari bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tmoqda, davlatning qisman ishtirokini faqat strategik korxonalarda davlat hissasi saqlanib qolmoqda.

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. Koreya fond birjasi O‘zbekiston moliya bozorida pozitsiyasini mustahkamlamoqchi. Bu haqja uning strategik rejalashtirish bo‘yicha direktori ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Uzbekskaya valyutnaya birja budet sotrudnichat s kollegami iz Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Moskva valyuta birjalari hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Barcha davlat korxonalari bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tmoqda, davlatning qisman ishtirokini faqat strategik korxonalarda davlat hissasi saqlanib qolmoqda.

Katta miqdordagi aksiyalar va korxonalarni bozorga taklif etish orqali birinchi navbatda mahalliy fond bozorini rivojlantirish, shu asosda aholi va tadbirkorlik subyektlarini xususiylashtirish jarayonlariga faol jalb etish lozimligi qayd etildi.

Bu jarayonda fond birjasining samarali infratuzilmasi talab etilishi, birja faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar, boshqaruv usullari va mavjud yechimlarni joriy etish o‘ta zarurligi ta’kidlandi.

“Koreya fond birjasi hozirda Koreya moliya bozorida yetarlicha samarali faoliyat yuritmoqda. Ammo uning turg‘unlik va o‘sishning pastligi oqibatida investorlar rivojlanayotgan mamlakatlar bozoriga kirishga qiziqmoqdalar. O‘zbekistonda fond bozori juda katta istiqbolga ega”, - deya qayd etdi koreys fond birjasi vakili.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, koreys fond birjasi Toshkent respublika fond birjasi aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz plyus bir dona aksiyani, Koreya fond birjasi ulushi 25 foiz minus bir dona aksiyani tashkil etadi.

Bundan tashqari, 4 ta tijorat banklari fond birjasining bir xilda 6,25 foizdan aksiyalarga egalik qiladi. 

Yangiliklar lentasi
0