TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi va “Moskovskaya Birja” OAJ o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.
Memorandum “Moskovskaya Birja” OAJ boshqaruvi a’zosi – pul va muddatli bozorlar bo‘yicha boshqaruvchisi Igor Marich tashrif davomida imzolangan.
Memorandum birja savdosini rivojlantirish sohasida tajriba almashishni nazarda tutadi va Rossiya va O‘zbekiston investorlarining ikki mamlakat valyuta bozorlariga kirishini yengillashtirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.