Tojikistonda terrorchilar uchun maxsus qamoqxona quriladi

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonda terrorchilik uchun ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni saqlashga mo‘ljallangan kamera tipidagi qamoqxona qurish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Tojikistonda terrorchilik uchun ozodlikdan mahrum etilganlarni saqlashga mo‘ljallangan kamera tipidagi qamoqxona qurish loyihasi ishlab chiqilmoqda. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘on-tojik chegarasi yaqinida 60 dan ortiq jangari yo‘q qilindi

Bu haqda Tojikiston Adliya vazirligi huzuridagi jinoiy jazolarni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Mansurjon Umarov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday mahbuslarni boshqalardan alohida tarbiyalash osonroq, chunki ular ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilishning asosiy manbai bo‘ladi.

“Bunday qamoqxona qurilishi mahbuslar orasida qotillikni va ekstremistik g‘oyalar tarqalishini oldi olinadi”, - deydi amaldor.

Umarovning fikriga ko‘ra, kamera tipidagi qamoqxona bu toifadagi mahbuslarni yaxshiroq nazorat qilish, qochishga urinish va isonlarni oldini oladi. Bundan tashqari, mahbuslarni ajratish boshqa mahbuslar xavfsizligini ta’minlaydi.

Maxsus qamoqxona qurish haqidagi takliflar shu yil noyabr va may oylarida Xo‘jand va Vahdatdagi koloniyalarida yuz bergan tartibsizliklardan keyin paydo bo‘ldi. IShID terrorchilik uyushmasi (Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan) qamoqxonalardagi tartibsizliklar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi.

Yangiliklar lentasi
0