TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Afg‘oniston kuchishlatar bo‘linmasi Tojikiston bilan chegarada Taxar viloyatidagi Dargad uyezd markazini nazorat ostiga oldi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Maxsus amaliyot davomida 60 dan ortiq jangari o‘ldirildi.
“O‘tgan haftadan beri davom etayotgan aksilterror amaliyot natijasida 25-oktabr kuni ertalab Dargad uyezd markazi terrorchilardan tozalandi. Uyezda hukumat kuchlari nazorati tiklandi, 60 nafar terrorchi yo‘q qilindi”, - deyilgan xabarda
Dargad uyezdi 2015-yil oktabrda jangarilar tomonidan bosib olingan. Shu vaqtdan beri Afg‘oniston hukumat kuchlari ekstremistlardan tumanni qaytarib olishga bir necha marta harakat qilishgan.
Bundan avval “Tolibon” radikal harakati jangarilari Afg‘onistonda Tojikiston bilan chegaradosh hududning katta qismini o‘z nazoratiga olgani haqida xabar berilgandi.