Roʻyxatda birinchi oʻrinni Frantsiya egalladi.
Reytingni tuzishda davlatlar iqtisodiyoti, inson potentsialining rivojlanish darajasi, jamoat tartibi va barqarorlik, viza munosabatlari, shuningdek yashash va ishlash uchun bir mamlakatdan ikkinchisiga koʻchib oʻtish imkoniyati kabi koʻrsatkichlar hisobga olinadi.
Frantsiya pasporti sakkiz yildan beri birinchilikni olib kelgan, biroq joriy yilda 100 %dan 83,5 %ni olgan.
Oʻrinlar ketma-ketligida ikkinchi oʻrin Germaniyaga, uchinchi Daniyaga, toʻrtinchi – Shvetsiya va Norvegiyaga, beshinchi Islandiyaga nasib etgan.
Shuningdek, eng yaxshi oʻntalikka Finlyandiya, Italiya, AQSH, Irlandiya va Ispaniya kiritilgan.
Rossiya 42 % koʻrsatkich bilan 62-chi oʻrinda turibdi - bu hisob-kitoblar tarixidagi eng yaxshi natijadir. Oʻtgan yilga nisbatan ikki pogʻona yuqoriga koʻtarilgan.
Markaziy Osiyo davlatlaridan roʻyxatda Qozogʻiston 84-chi, Qirgʻiziston 102-chi, Oʻzbekiston 109-chi, Tojikiston 114-chi, Turkmaniston 122-chi oʻrinda.