Fuqaroligini yo‘qotish arafasida turgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati chop etildi

© Sputnik / Vadim ShekunPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elchixona O‘zbekistonni bir necha yil oldin tark etib, ayni damda fuqaroligini yo‘qotish arafasida turgan kishilar ro‘yxatini e’lon qildi.

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi, fuqaroligini yo‘qotish arafasida turgan o‘zbekistonliklar ro‘yxatini chop etdi.

“105-ro‘yxat” deb nomlangan dajvalda 1210 nafar kishining ismi sharifi kiritilgan. Ushbu shaxslarga nisbatan fuqaroligini yo‘qotish masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra yuqoridagi fuqarolar mamlakatdan chiqib ketganidan so‘ng bir necha yil davomida O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida konsullik ro‘yxatidan o‘tmagani tufayli fuqarolikdan mahrum bo‘lishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston fuqaroligi haqida"gi qonunga ko‘ra, fuqarolikini yo‘qotish uchun beshta asos bo‘lishi mumkin:

 1.  O‘zbekiston fuqarosi o‘zga davlat xizmatiga kirsa

 2.  Doimiy chet davlatda yashayotgan shaxs, uch yil mobaynida, asossiz konsullik hisobida turmasa

 3.  O‘zbekiston fuqaroligi yolg‘on ma’lumotlar yoki hujjatlar berish natijasida olingan bo‘lsa

 4.  Fuqaro o‘zga mamlakat foydasiga ishlab o‘z mamlakatiga katta ziyon yetkizsa

 5.  O‘zga mamlakat fuqaroligini qabul qilsa

Yangiliklar lentasi
0