O‘zbekiston BAAning to‘g‘ri biznes yuritishdagi tajribasini o‘rganadi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov.Bumaga i ruchka
Bumaga i ruchka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv doirasida har ikkala davlatning “Doing Business” hisobotidagi natijalari tahlil qilindi va bu boradagi BAA ilg‘or tajribasi o‘rganildi.

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklari Federal raqobatbardoshlik va statistika agentligiga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv doirasida har ikkala davlatning “Doing Business” hisobotidagi natijalari tahlil qilindi va bu boradagi BAA ilg‘or tajribasi o‘rganildi.

Mejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston eng islohotchi TOP-20 davlatlar qatoriga kiritildi

BAA Federal raqobatbardoshlik va statistika agentligi jamoasi tomonidan “Doing Business” hisobotining har bir indikatori bo‘yicha mas’ullar bilan amaliy seminarlar va davra suhbatlari tashkil etildi.

“Doing Business”ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ta’sir etadigan ilg‘or tajribani o‘rganish va uni amaliyotga tatbiq qilish yuzasidan BAA bilan hamkorlikda yo‘l xarita ishlab chiqildi. Shuningdek, belgilangan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda hokimlar 50 foiz ish vaqtini yangi kichik biznes subyektlari tashkil etish va ishlayotgan tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda hal etishga sarflashi lozimligini ta’kidlab, juda ko‘p rahbarlar bunga befarqlik va mas’uliyatsizlik bilan qarab kelayotganini keskin tanqid qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0