O‘zbekiston eng islohotchi TOP-20 davlatlar qatoriga kiritildi

© IBCMejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente
Mejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston so‘nggi davrda minoritar investorlarni himoya qilishni mustahkamlagan, soliqlar to‘lash tizimini soddalashtirgan, shartnomalarni ijrosini amalga oshirishni kuchaytirgan.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Jahon banki “Biznes yuritish” xalqaro reytingi doirasida oxirgi bir yil ichida biznesni yuritishda yengilliklarni nazarda tutuvchi eng ko‘p islohotlarni amalga oshirgan 20 ta davlatni e’tirof etdi. Bular ichida O‘zbekistonda 5 ta yo‘nalishda amalga oshirilgan qadamlar alohida tan olindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston umumiy reytingda 190 ta davlatlar ichida 76-pog‘onani egallab turibdi.

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning asosiy moliyaviy hujjati muhokamaga qo‘yildi

Jahon banki xabariga ko‘ra, O‘zbekiston oxirgi davrda minoritar investorlarni himoya qilishni mustahkamlagan, soliqlar to‘lash tizimini soddalashtirgan, shartnomalarni ijrosini amalga oshirishni kuchaytirgan, shuningdek, tashqi savdo yo‘nalishida sezilarli yangiliklar kiritgan.

Bunday tashqari, tijorat tashkilotlarida mustaqil kengash a’zolari bo‘lishi yuzasidan yangi talablar va audit qo‘mitalarining mavqeyi mustahkamlandi.

Infratuzilma soliqlari foyda solig‘i bilan birlashtirilgani ham alohida ta’kidlangan. Jahon banki mediatsiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qadamlarni ham e’tirof etib, bu borada yagona huquqiy baza shakllanganini va mediatsiyadan foydalanishni rag‘batlantirish mexanizmlari joriy etilganini ta’kidlagan.

Bojxona sohasida esa xavf-xatarni tahlil qilish asosida tekshiruvlarni amalga oshirish tartibotlari kiritilganini ham ma’qullagan.

Yangiliklar lentasi
0