Geologiya qo‘mitasiga neft va gaz konlarini  qidirish topshirildi

© AFP / HAKOB BERBERYANGeolog provodit proverku kamennoy porodi
Geolog provodit proverku kamennoy porodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda uglevodorod xomashyo geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini yanada oshirish maqsadida sohada jiddiy islohotlar tatbiq etiladi - prezident qarori.

TOShKENT, 19 noya – Sputnik. O‘zbekistonda neft va gaz konlarini  qidirish yanada jadal va keng qamrovli ravishda olib boriladi. Bu haqida prezident 18-noyabr kuni imzolagan yangi qarorda aytib o‘tilgan.

Xususan, Energetika, Iqtisodiyot va sanoat va Moliya vazirliklari hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zbekneftgaz” AJning Davlat geologiya qo‘mitasiga quyidagi funksiyalarni topshirish takliflari qabul qilindi: 

  • yangi uglevodorod xomashosi konlarini ochish uchun neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini aniqlash va tayyorlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burg‘ulash ishlarini olib borish;
  • respublika uglevodorod xomashosi zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod xomashyo konlarini ochishni ta’minlashga yo‘naltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkillashtirish.

“O‘zbekneftgaz” AJ 2019-yil yakuniga qadar Davlat geologiya qo‘mitasiga ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlarini olib borishning amaldagi loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda barcha mavjud istiqbolli maydonlar, investitsiya bloklari va uglevodorod xomashosi konlari bo‘yicha fond va boshqa materiallarni taqdim etadi.

Shtangoviy nasos - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ilk bor yer yorish orqali neft qazish hajmi oshiriladi

Undan tashqari, 2020-yildan boshlab neft va gaz mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida etakchi xorijiy konsalting kompaniyalari va mutaxassislarini jalb etgan holda, geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilishning xalqaro standartlarini tatbiq etish choralari amalga oshiriladi;

Neft va gaz bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burg‘ulash ishlari hamda zamonaviy uskunalar bilan jihozlash - O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Qaror matni bilan batafsil quyida tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0