O‘zbekistonda ilk bor yer yorish orqali neft qazish hajmi oshiriladi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishShtangoviy nasos
Shtangoviy nasos - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fracking - yerning gorizontal qatlamini yorish orqali qazib olinayotgan neft va gaz hajmini bir necha barobar oshirish uslubi.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Eriell kompaniyasi ilk bor O‘zbekistonda yer qatlamlarini yorish (Fracking) ishlarini amalga oshiradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“O‘zbekistonda ilk bor yerning alohida qatlamlarida gorizontal svolining uzunligi 1000metrgacha bo‘lgan, ko‘p bosqichli yer yorish ishlari olib boriladi. Har bir plastda 10 bosqichgacha yer yorish amaliyoti bo‘lib o‘tadi”, - deyilgan xabarda.

Ko‘p bosqichli yer qatlamlarini yorish amaliyoti, odatda, so‘ngan neft quduqlarida foydalaniladi. Ushbu uslub yordamida qazib olinayotgan uglevodorodlar hajmini 5-6 baravarga oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz 2017-2019 yilllarda O‘zbekistonda neft va gaz qazib olish hajmini oshirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” BAAning Eriell Oilfield Service kompaniyasi hamda avstriyaning Eriell GmbH va Enter Engineering Pte kompaniyalari bilan umumiy qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan shartnoma imzolagan edi.

Yangiliklar lentasi
0