AQSh siyosati tufayli JST o‘z qudrati va ahamiyatini yo‘qotmoqda - Migranyan

© SputnikRukovoditel otdela ekonomiki Instituta stran SNG Aza Migranyan
Rukovoditel otdela ekonomiki Instituta stran SNG Aza Migranyan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH davlatlar instituti iqtisodiyot bo‘limi rahbari Aza Migranyan ta’kidlashicha, so‘nggi o‘n yillikda JST roli va ahamiyati yaxshi tomonga o‘zgarmadi.

Bloomberg agentligi xabar qilishicha, keyingi yilda AQSh Jahon savdo tashkilotiga a’zolik to‘lovlarni butunlay to‘xtatishi mumkin.

Flagi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
YeOII va JST: O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi tayyorlandi

Amerikaliklar JST tashkilotiga boshqa mamlakatlarga qaraganda kamroq mablag‘ kiritadi. Ammo, agar AQSh tashkilotni bir tomonlama ravishda tark etsa, bu uning ishiga tahdid solishi mumkin.

Migranyanning so‘zlariga ko‘ra, JST a’zolik – ma’lum bozolarga o‘ziga xos kirish litsenziyasi hisoblanadi.

“Asosan bu rivojlangan mamlakatlar bozorlari. U yerda juda shiddatli raqobat bor. Ya’ni, bu qo‘shimcha sertifikatlashni talab qiladigan mahsulotlar uchun umumiy litsenziya degani”, - dedi Migranyan Sputnik radio efirida.

Iqtisodchining fikriga ko‘ra, JSTga a’zo bo‘lish Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan va Yevropa standartlariga javob bermaydigan davlatlar uchun o‘ziga xos kompensatsiyaga aylandi. Ammo endi bir qator nozik farqlar paydo bo‘ldi, chunki so‘nggi 20-yil ichida JSTning ahamiyati o‘zgardi.

Agar 2000-yillarning boshlarida Jahon savdo tashkiloti nizolarni hal qilishda salmoqli ish tutgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu funksiyani Vashington to‘sib qo‘ygan. Boshqa bozorlarga kirish boshqa integratsiya loyihalarining qo‘shimcha talablariga muvofiqlikni ham anglatadi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishda faol ish olib bormoqda va hatto tashkiliy va tayyorgarlik jarayonlari uchun Yevropa ittifoqidan mablag‘ oldi.

Ekspert: vstuplenie i chlenstvo v VTO bez viplat SShA uje neaktualno?
Yangiliklar lentasi
0