TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan qozog‘istonlik milliarder Fattoh Shodiyev Rossiyada “Yil homiysi” mukofotiga sazovor deb topildi. Bu haqda MGIMO universitetning saytida xabar qilindi.
Mukofotni topshirish marosimi Sankt-Peterburgdagi VII Xalqaro madaniyat forumi doirasida bo‘lib o‘tgan. Mukofotni Shodiyevga Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy topshirgan.
Mukofot Rossiyadagi Kabuki teatri truppasi gastrollariga bosh homiylik qilganligi uchun berilgan.
Milliarder Shodiyev: O‘zbekiston bilan bog‘liq rejalarim ko‘p, nasib qilsa amalga oshiraman
“Yil homiysi” mukofoti Rossiya Madaniyat vazirligi tomonidan ta’sis etilgan, ilk taqdimoti 2014-yili bo‘lib o‘tgan. Mukofotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Rossiya hududida korxona, muassasa, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslarning madaniyat va san’at sohasidagi xayriya va homiylik faoliyatini faollashtirishdan iborat.
Milliarder Alisher Usmonov ham 2015-yilda Rossiyada “Yil homiysi” deb topilgan edi.