O‘zbek milliarderi Moskvada migrantlar uchun bepul tibbiy yordam tashkillashtirdi

© SputnikBolnitsa
Bolnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Klinikada yordamga muhtoj chet elliklar, migrantlar, qochoqlar va boshpanasi yo‘q shaxslarga yordam ko‘rsatiladi.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Fattox Shodiyev xalqaro fondi va Rus pravoslav cherkovi moliyaviy ko‘magi yordamida Moskva shahrida migrantlar uchun bepul tibbiy yordam tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Sovetnik premyer-ministra Kirgizstana Kubatbek Raximov - Sputnik O‘zbekiston
Agar O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilsa, bu mehnat migrantlariga foydali bo‘ladi - Rahimov

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, tibbiy klinika migrantlarga yordam ko‘rsatuvchi markaz hisoblanmish "Radom dom" (Uy yoningda) va Avliyo Aleksiy markaziy klinik shifoxonasi hamkorligida tashkil etilgan.

Bu yerda muhtoj chet elliklar, migrantlar, qochoqlar va boshpanasi yo‘q shaxslarga yordam ko‘rsatiladi. Bemorlardan faqat pasport talab etiladi.

Klinika xodimining so‘zlariga ko‘ra, tibbiy yordamga muhtoj migrantlar migrantlar ish kunlari soat 08:30 16:30ga qadar 7(495) 952-11-41 telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Yangiliklar lentasi
0