TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Noyabr oyining oxirida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi REGNUM AA.
Shuningdek, Tatariston va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari orasida biznes-forum tashkil qilish, uning natijalariga ko‘ra O‘zbekiston va Tatariston hududlari orasida hamkorlik shartnomalari imzolash rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston va Tatariston hamkorligini asoslovchi bir necha hujjatlar bor. Toshkentda 1992-yildan buyon Tatariston vakolatxonasi faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘tgan yil davomida Tatariston va O‘zbekiston orasida tovar ayirboshlash 57%ga oshib 146 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. Tataristonning yetakchi korxonalari "KamAZ”, "TAIF", "KMPO", "Pozis" shuningdek PAO "Tatneft" korxonali bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Tatariston OTMlarida 3000 dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Tataristondagi o‘zbeklar milliy-madaniy avtonomiyasida 8,8 ming a’zo bor.