TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi deputati, MDH masalalari bo‘yicha qo‘mita a’zosi Irek Zinnurov O‘zbekiston-Rossiyamunosabatlari regional darajada qay tarzda rivojlanayotgani hamda O‘zbekiston va Tatarston delegatsiyalarining o‘zaro bordi-keldilarining ilk muvaffaqiyatlari haqida so‘zladi.
"Tatariston respublikasidan Rossiya davlat dumasi deputati sifatida ushbu regionning taraqqiyotini diqqat bilan kuzatib kelmoqdaman. Xususan, bizning turizm vazirimiz bilan suhbatda bo‘ldim, va u menga hozirda ushbu sohada O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida ajoyib munosabatlar shakllanganligini ta’kidlab o‘tdi. Biz hamkorlikdagi loyihalarimizni rivojlantirmoqdamiz, bizning fuqarolarimiz orasida O‘zbekistonga dam olgani borayotganlari soni ko‘paymoqda, sizlarning fuqarolaringiz ham bu yerga tez-tez kelishmoqda. O‘tgan yil Kazan shahrini 2 milliondan ziyod turistlar ziyorat qilgan bo‘lsa, ular orasida o‘zbekistonliklar soni anchagina. Turistik oqim bo‘yicha bunday almashinuvlar sizlar uchun ham bizlar uchun ham foydali", — deb ta’kidladi Zinnurov.
Deputatga ko‘ra, hamkorlikdagi loyihalar, shuningdek, shu kunlarda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan o‘zbek-rossiya yoshlar forumi singari tadbirlar qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi va oldinda turgan umumiy masalalarni hal etishga yordam beradi.