"Meni siyosiy sharhlarga undamoqchi bo‘lishdi" - Lola Yo‘ldosheva

Obuna bo‘lish
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi yangiliklar saytlari ijodiy mahsulotni o‘z maqsadlari uchun ishlatishga harakat qilib, uning mazmunini buzishgan.

TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Xonanda Lola Yo‘ldosheva Instagramda yangi video klipi haqida jamoatchilikning munosabati yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shedevr, ili Kones karyere: noviy klip Loli Yuldashevoy vzorval Set - Sputnik O‘zbekiston
Lolaning yangi klipi internetni “portlatdi”

San’atkorning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi yangiliklar saytlari ijodiy mahsulotini, uning mazmunini buzgan holda o‘z maqsadlari uchun ishlatishga harakat qilishdi. Bundan tashqari, ular uni va jamoasini siyosiy tusdagi sharhlarga undamoqchi bo‘lishgan, ammo u bo‘ysunmadi, chunki u siyosiy mavzuda izoh bermaydi va unga hech qanday aloqasi yo‘q.

"Men ijodkorman. Men san’at bilan shug‘ullanaman, san’at esa hayotning ko‘zgusi. Men o‘z ijodimda turli mavzularni ko‘taraman: ijtimoiy, hayotiy, ba’zan kundalik turmush, va buni rostgo‘ylik bilan bajarishga harakat qilaman.

Biz o‘zgarishlar davrida yashayapmiz, odamlar nihoyat erkin nafas olib, 5-yil oldin hatto o‘ylashga qo‘rqishgan mavzular bo‘yicha o‘z fikrlarini ochiqchasiga ifoda eta oladilar.

Bu safar biz satirik video tayyorladik, unda hazil va shama bilan ijoddagi cheklovlar va burokratiya mavzusiga to‘xtaldik.

“Men san’at odamiman va shuning uchun bunday provokatsiyalarga faqat yagona sharh berishim mumkin: "Men O‘zbekiston fuqarosiman, o‘z vatanimni sevaman, uning odamlarini yaxshi ko‘raman va qilgan barcha harakatlarim mening sevgim va uning kelajagiga befarq emaslikning ifodasidir!", - deb yozgan xonanda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik xonanda Lola Yo‘ldosheva “Sevgingni menga ayt-2” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipni chiqardi. Bir necha soat ichida klip o‘zbek shou-biznesidagi so‘nggi vaqtlarning eng ko‘p muhokama qilingan taqdimotlardan biriga aylandi.

Fontan iz deneg lishil Jaxongira Atadjanova litsenzii - Sputnik O‘zbekiston
"Dollar fontanida cho‘milaver": Jahongir Otajonovga litsenziyasi qaytarildi

Keyinalik O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxanova shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinayotgan xonanda Lola Yo‘ldoshevaning "Sevgingni menga ayt" klipiga munosabat bildirdi.

Xususan, jurnalistlar bilan uchrashuvda Basitxanova, xotin-qizlar qo‘mitalari boshlang‘ich tashkilotlari nomigagina tashkil qilinayotgani, ular tizimning davomi sifatida uzluksiz ishlamayotgani, jamiyatda ro‘y berayotgan voqeliklarda xotin-qizlarning pozitsiyasi ko‘rinmasligi yoki sust bo‘lishida aks etayotganini aytgan.

Basitxanova shu yerda xonanda Lola Yo‘ldoshevaning klipini yodga olgan.

"Kuni kecha Lola Yo‘ldoshevaning klipi chiqdi. U "O‘zbekkonsert"ning litsenziya olib, berish tartibini balki to‘g‘ri tanqid qilgandir. Lekin atlasni masxaraboz kiyimi qilgani, ma’naviyat so‘zini o‘yinchoq qilib qo‘ygani — bu yigirma beshinchi kadr. Afsuski, buni yana ijtimoiy tarmoqda ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlagan. Ana shunday holatlarda boshlang‘ich tashkilotlarning faol bo‘lishi esa juda ham muhim", - degan xotin-qizlar raisi.

Yangiliklar lentasi
0