"Dollar fontanida cho‘milaver": Jahongir Otajonovga litsenziyasi qaytarildi

Obuna bo‘lish
Mahalliy OAVlar “O‘zbekkonsert” Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedov va Halima Ibragimovaga litsenziyani qaytarganligi haqida xabar qildi.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Mahalliy OAVlar “O‘zbekkonsert” tomonidan litsenziyasi muddatidan oldin to‘xtatilgan san’atkorlar Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedov va Halima Ibragimovaga ijodiy faoliyatini davom ettirish uchun ruxsat berilgani haqida xabar qildi.

"O‘zbekkonsert" Jahongir Otajonovni to‘ylarda litsenziyasiz kuylash xatari haqida ogohlantirdi

Ta’kidlanishicha, bugun “O‘zbekkonsert”da navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilgan.

Sputnik muxbiri xabarga aniqlik kiritish maqsadida “O‘zbekkonsert” DM matbuot xizmati va Jahongir Otajonovning Instagram rasmiy sahifasida ko‘rsatilgan raqamlarga qo‘ng‘iroq qildi.

Xonandaning onasi deb tanishtirgan ayol, Jahongir Otajonovga litsenziya qaytarilganini tasdiqladi.

“O‘zbekkonsert” matbuot xizmati tomonidan hozircha bu haqda rasmiy ma’lumot berilmadi, qo‘ng‘iroqlarga javob berilmagani sababli ular bilan bog‘lanib bo‘lmadi.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi ikki kun oldin, 14-oktabrda tugatilgan edi.

“O‘zbekkonsert” bayonotida aytilishicha, Otajonov “xonanda o‘zining ma’naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan bu kabi nomunosib harakatlari orqali Muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-shartlarini muntazam ravishda buzib kelmoqda". Bu qaror va bayonot ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi.

Xonanda Shahlo Ibragimova 2018-yil noyabrda, Abdulla Qurbonov esa shu yil may oyida, qiziqchi Halima Ibragimova fevralda litsenziyasidan mahrum bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0