TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida hamda O‘zbekistonning boshqa shaharlarida qor yog‘ishi kutilmoqda.
"O‘zgidromet" xabar berishicha, 18-19 noyabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida va boshqa shaharlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
20 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 21-noyabr kuni — yomg‘ir yog‘ishi va qorga aylanishi kutilmoqda.
Shuningdek, 20-21 noyabr kunlari shamol tezligi 15-20 m/s kuchayishi mumkin.
Havo temperaturasi 18-19 noyabr kunlari 0...+5° darajani tashkil etadi, kunduzi — +10...+15 daraja iliq bo‘ladi; 20-noyabr kuni kechasi +3...+8 daraja, kunduzi — +10...+15 daraja iliq bo‘ladi; 21-noyabr kuni kunduzi va kechasi havo temperaturasi +3...+8 daraja bo‘ladi.