O‘zbekistonga Qozog‘istondan sovuq havo massasi kirib keladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishUcheniya po likvidatsii DTP na ledovoy pereprave v Kazani
Ucheniya po likvidatsii DTP na ledovoy pereprave v Kazani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga Qozog‘iston hududidan navbatdagi sovuq siklon kirib keladi, harorat 2-3 darajaga pasayadi.

TOShKENT, 8 noya - Sputnik. O‘zbekiston hududi ustida bir necha kun davomida hukmronlik qilgan sovuq antisiklon chekinishni boshlaydi, bu kechki sovuqlarning biroz pasayishi va kunduzgi haroratning ozgina ko‘tarilishiga olib keladi, deb xabar qilmoqda "O‘zgidromet".

O‘zgidromet Toshkent tumanlarida havo nimadan ifloslanganini ochiqladi

Ta’kidlanishicha, 9-10 noyabr kunlari kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Kechasi harorat 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

"Yakshanbada Qozog‘iston hududi bo‘ylab navbatdagi sovuq havo oqimi o‘tadi. Respublikamiz ana shu sovuq oqim chegarasida bo‘ladi. Shu sababli bulutlar ko‘payib, harorat 2-3 darajaga bir oz pasayadi", - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zbekiston TIV Qozog‘istonga yo‘l olgan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqqani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0