Armaniston bosh vaziri QR-kodlarda shaytonni izlamoqda

© Sputnik / Aram NersesyanKandidat v premyer-ministri Armenii Nikol Pashinyan v Natsionalnom Sobranii Armenii (8 maya 2018). Yerevan
Kandidat v premyer-ministri Armenii Nikol Pashinyan v Natsionalnom Sobranii Armenii (8 maya 2018). Yerevan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Xavfsizlik xizmatiga QR-kod va Iblis o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligini aniqlash topshirig‘ini berdi. Siyosatchining bu tashabbusi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda. Jamiyat ikkki lagerga bo‘lingan.

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Armaniston hukumati payshanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisida QR-kod (tovarlardagi shtrixkod) va iblis o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida esga oldi. Voqea atrof-muhit vaziri Erik Grigoran ovga onlayn-ruxsat olish bo‘yicha loyiha taqdimotini o‘tkazayotgan vaqtda ro‘y berdi.

QR kod dlya turistov - Sputnik O‘zbekiston
QR-kod O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida 12 tilda ma’lumot beradi

Mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan Armanistondagi elektron bitimlar darajasidan qoniqmasligini ta’kidlagan va bunga odamlarda bu haqda yetarli tushuncha yo‘qligini asos qilib ko‘rsatgan. Internet tarmog‘i orqali bitim imzolashdan ko‘pchilik cho‘chishi, ayniqsa, ayrim siyosiy kuchlar va jismoniy shaxslar o‘rtasida yuz berayotgan firibgarlik holatlaridan so‘ng bu qo‘rquv avj olgani ta’kidlangan.

"Hazilga o‘rin yo‘q, hammasi jiddiy, men MXXga ma’lum doiralar va iblis o‘rtasida hamkorlik bor-yo‘qligini aniqlash bo‘yicha ko‘rsatma berdim. Mana, sizlar kulgiga olyapsizlar, lekin muammo rostdan bor ekan, u holda aniqlash kerak. Bu milliy xavfsizlikka tegishli masala. Agar kimdadir bu borada ma’lumotlar bo‘lsa, MXXga murojaat qilishni so‘rayman", - degan Pashinyan.

Kandidat v premyer-ministri Armenii Nikol Pashinyan v Natsionalnom Sobranii Armenii (8 maya 2018). Yerevan - Sputnik O‘zbekiston
Nikol Pashinyan Armaniston bosh vaziri bo‘ldi

Pashinyanning bu gaplari bir zumda dunyoning eng yetakchi OAVlarida chop etildi. Armaniston bosh vaziri aytgan gaplar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Kimdir Pashinyan mamlakatdagi oxirgi o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda iblisga oid mavzuni trolling qilmoqda, desa, yana kimdir - hukumat rahbari jiddiy gapirganiga ishonch bildirgan.

Raqamli identifikatsiya tizimida yovuz kuchlar mavjudligi mavzusi Armaniston jamiyatida birinchi marta keng muhokamaga sabab bo‘layotgani yo‘q. Fitnachilar til biriktirganiga ishonuvchi fuqarolar elektron markirovkaga aloqasi bo‘lgan texnologiyalarni boykot qilishmoqda. Shtrixkodlarni - odamlar ketidan kuzatuv uyushtirish instrumenti, deb hisoblaydiganlar ham talaygina.

Masalaga oydinlik kiritish uchun, endilikda Armaniston milliy xavfsizlik xizmati bu ish bilan jiddiy shug‘ullanishga kirishgan.

© video : Sputnik / RUPTLYEkzorsizm visokix texnologiy. Armeniya ishet chertey v QR-kode
Armaniston bosh vaziri QR-kodlarda shaytonni izlamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Ekzorsizm visokix texnologiy. Armeniya ishet chertey v QR-kode
Yangiliklar lentasi
0