Toshkent IIBB 31 kishi SSSR pasporti bilan yashab yurganini aniqlandi

© Press-slujba GUVD TashkentaGUVD Tashkenta viavilo bolee 30 chelovek, projivayushix s pasportami SSSR
GUVD Tashkenta viavilo bolee 30 chelovek, projivayushix s pasportami SSSR - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent IIBB xodimlari o‘tgan yilning noyabr oyidan shu kunga qadar shaharda 2036 kishining biometrik pasporti yo‘qligini aniqlashdi.

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Toshkent IIBB xodimlari o‘tgan yilning noyabr oyidan shu kunga qadar shaharda 2036 kishining  biometrik pasporti yo‘qligi, ulardan 31 nafari esa SSSR pasporti bilan yurganini aniqladi.

Bir oilaning sobiq SSSR pasportlarini biometrik pasportlarga almashtirib berish haqidagi murojaati tekshiruv o‘tkazish uchun sabab bo‘ldi. IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga tegishli tekshiruv o‘tkazish haqida ko‘rsatma beriladi.

Xorijiga chiqish pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Xorijga chiqish pasportini olish uchun nima qilish kerak?

Xabarda qayd etilishicha, 1760 fuqaroga, shu jumladan, 14 nafar SSSR pasporti bilan yurgan shaxslarga yangi pasport qilib berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvar sanasidan fuqarolarga xorijga chiqishga ruxsat beradigan stiker bekor qilinib, xorijga chiqish biometrik pasporti joriy qilindi. Yangi hujjatni olish uchun fuqarolar yashash manzili bo‘yicha IIV organlariga murojaat etishlari, anketa-arizani to‘ldirishlari, fotosurat, pasport nusxasi va voyenkomatdan ma’lumotnoma (harbiy xizmat majburiy bo‘lgan shaxslar uchun) topshirishlari kerak bo‘ladi. Davlat boji - eng kam ish haqining 150%ni tashkil qiladi. Hujjat 10 kun o‘tgach tayyor bo‘ladi. Voyaga yetmaganlar yangi pasport bilan 5-yilgacha, 16 yoshdan kattalar - 10-yil muddatgacha chegarani kesib o‘tishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0