Qirg‘iziston O‘zbekistondan meva olib kirishni cheklashi mumkin

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishFrukti i ovoshi na sentralnom kolxoznom rinke v Krasnodare
Frukti i ovoshi na sentralnom kolxoznom rinke v Krasnodare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistondan meva-sabzavot olib kirishni ta’qiqlab qo‘ymoqchi, gap nimada?

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi O‘zbekistondan ayrim mahsulotlarni olib kirishni ta’qiqlab qo‘yishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Muassasa xabariga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekiston tomonidan yuborilgan yuklarda 356 marotaba YeOII talablarning buzilish holatlari aniqlangan. Ular orasida 10 marotaba zararlangan mahsulotlar aniqlangan.

Zona tamojennogo kontrolya, aeroport Minsk - Sputnik O‘zbekiston
YeII hududiga olib kirish taqiqlangan karantin mahsulotlar haqida ma’lumot

Xususan, O‘zbekistondan olib kelingan anorlarda “sharq meva qurti” (Grapholita molesta) aniqlangan. Ushbu hashorot boshqa navli mevalar uchun ham xavfli hisoblanadi. Vaholanki, ushbu mahsulotlar Miliy o‘simliklar karantini tashkiloti tomonidan berilgan sertifikatlar asosida qirg‘izistonga yetkazib berilgan.

Undan tashqari, 12-noyabr kuni Dostuk chegara postida 35 tonna xurmo, behi, no‘xatdan iborat mahsulot amal qilmaydigan fitosanitar sertifikati va qaodoqlari markirovkasiz holda olib o‘tilayotgani aniqlangan.

“YeOII talablariga binoan va Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra tizimli ravishda karatntinli mahsulotlar olib kirish holatlari aniqlanganda O‘zbekistondan ushbu mahsulotlarni olib kirishga vaqtinchalik cheklov qo‘yilishi mumkin”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Ushbu munosabat bilan Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda o‘simliklar karantiri bilan shug‘ullanuvchi tashkilotga ogohlantiruvchi xat yuborgan.

Yangiliklar lentasi
0