TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Turkiya payshanba kuni turk harbiylari tomonidan qo‘lga olingan sakkiz nafar "ID" jangarilarini GFR va Buyuk Britaniyaga chiqarib yubordi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Turkiya IIV matbuot-xizmatiga tayangan holda.
""ID" terrorchilarini ular tug‘ilib o‘sgan mamlakatlarga deportatsiya qilish jarayoni davom etmoqda. Ayni vaqtda Buyuk Britaniyadan bir nafar va Germaniyadan yetti nafar jangarilarning Turkiyadan chiqarib yuborilishi bo‘yicha barcha zarur jarayonlar nihoyasiga yetgan", - deyiladi idora xabarida.
Sal oldin Turkiya IIV rahbari Suleyman Soylu shu hafta dushanba kunidan boshlab "ID" jangarilari o‘z tug‘ilgan mamlakatlariga deportatsiya qilinishi haqida e’lon qilgan edi. Kelib chiqishi amerikalik bo‘lgan "ID"ning birinchi a’zosi Misrga yuborilgan edi, ammo Misr hukumati uni qabul qilmadi. Ayni vaqtda u ikki davlat o‘tkazish nazorat punktlari o‘rtasidagi neytral hududda qolmoqda. Sal keyin Turkiya IIV AQSh jangarini qabul qilish bo‘yicha kafolat bergani haqida xabar berdi.