“Lukoyl” o‘z xodimning haqoratli so‘zlariga izoh berdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tish"LUKOYL" vvel v ekspluatatsiyu novuyu neftebazu v Yekaterinburge
LUKOYL vvel v ekspluatatsiyu novuyu neftebazu v Yekaterinburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biz hammasini tekshirib barcha aybdorlarga chora ko‘ramiz - “Lukoyl” o‘z xodimning haqoratli so‘zlariga izoh berdi.

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga rasman izoh berdi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, voqea 29-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani “Jarquduq” konida gazni tayyorlash uskunasini ishga tushirish vaqtida sodir bo‘lgan ekan.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik ayolni haqorat qilgan o‘qituvchi ekstremistlar ro‘yxatiga kiritildi

110 ming volt kuchlanishga ega bo‘lgan qurilmani ishga tushirish vaqtida elektromontorlar brigadasi va ustasi texnika xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. Buning oqibatida brigada qurbon bo‘lishi, qimmatbaho uskuna zarar ko‘rishi va butun obyekt ishdan chiqish xavfi tug‘ilgan.

Ushbu kamchiliklar bosh energetik I.A. Shilov tomonidan aniqlangan va ular qoidalarga muvofiq holatga keltirilganiga qadar podstansiyada ishlar vaqtincha to‘xtatilgan.

Belgilangan yo‘riqnomalarga amal qilmaslik xodimlar uchun qanday oqibatlarga olib kelishini tushungan holda, I.A.Shilov muloqot qilishning axloqiy mayorlarini unutib qo‘ygan va qo‘l ostidagi mahalliy va komandirovkada bo‘lgan xodimlarga nisbatan qo‘pol iboralarni ishlatgan, - deyilgan xabarda.

Ayni damda kompaniya ushbu holat yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazmoqda va ushbu munosabat bilan I.A. Shilov PAO “LUKOYL” (Moskva) Ishbilarmonlik etikasi komissiyasining yig‘ilishiga chaqirilgan. O‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, hodisaning barcha ishtirokchilariga nisbatan, ularning aybiga muvofiq, korporativ talablar doirasida intizomiy choralar ko‘riladi.

Jamoatchilik oldida xodimlar hayoti va sog‘ligi uchun javobgarlikni tushungan holda, LUKOYL o‘z faoliyatida sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi normalarining yuqori standartlariga amal qiladi va belgilangan qoidalarni nazorat qilish bo‘yicha sinchikov nazorat olib boradi. LUKOYLning asosiy maqsadi bu – odamlardir.

Yangiliklar lentasi
0