TOShKENT, 14 apr – Sputnik. Novosibirskdagi maktablardan birida ota-onalar majlisi vaqtida o‘qituvchilardan biri O‘zbekistondan kelgan bolaning onasini haqorat qilgani uchun sudda javob beradi, deb xabar qilmoqda Volgograd News nashri.
Ota-onalar majlisi vaqtida o‘qituvchi o‘zbekistonlik ayolga qarab "Rus tilini o‘qi, surbet!", "Uyingga ket" va yana boshqa haqoratli so‘zlarni aytgan. O‘qituvchining bunday munosabati boshqa ota-onalarga yoqmagan va ularning noroziligiga sabab bo‘lgan.
Xabarday aytilishiga ko‘ra, ayni damda Natalya Oganisan (o‘qituvchi) ustidan Rossiya JKning 282 moddasi (Ekstremizm, boshchalarga nisbatan nafrat uyg‘otish va haqorat qilish) 1 bandiga asosan jinoyat ishi ochilgan. O‘qituvchini ruhiy ekspertizadan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu jinoyat ishi doirasida o‘qituvchiga 5-yil qamoq jazosi berilishi mumkin. Undan tashqari ayni damda u Rossiya ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan.