IIBB futbol ishqibozlariga murojaat qildi

© Sputnik / Papikyan / Mediabankka o‘tishStadion "Paxtakor"
Stadion Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 14-noyabr kuni “Paxtakor” stadionida Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘zaro to‘qnashadi.

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Toshkent shahar IIBB futbol muxlislaridan avtomobillarni “Paxtakor” stadioni atrofidagi yo‘llar chetida emas (Islom Karimov, Olmazor va Navoiy ko‘chalari), balki “Humo Arena” muz kompleksining avtoturargohida qoldirishlarini so‘rab murojaat qildi.

Match Uzbekistan-Saudovskaya Araviya rassudit brigada arbitrov iz Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

Shuningdek, o‘yinga ilgariroq kelib, futbol muxlislari uchun maxsus ajratilgan avtoturargohdan mashinaga joy egallab olish tavsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 14-noyabr kuni soat 17.00 da “Paxtakor” stadionida Jahon chempionati-2022 saralash bosqichining navbatdagi o‘yini – O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvni yaponiyalik hakamlar boshqaradi.

O‘zbekiston Jahon chempionati-2022 saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin olgan. Guruhda O‘zbekiston terma jamoasiga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

Yangiliklar lentasi
0