O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaMatch Uzbekistan-Saudovskaya Araviya rassudit brigada arbitrov iz Yaponii
Match Uzbekistan-Saudovskaya Araviya rassudit brigada arbitrov iz Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston MTJ 14-noyabr kuni Jahon chempionati-2022 saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvini yaponiyalik hakamlar boshqaradi. Bu haqda O‘FA xabar qilmoqda.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
“Oq bo‘rilar” o‘z maydonida Qirg‘izistonni mag‘lub etdi

O‘yin bosh hakami – Ruji Sato. Unga qanotlarda hamurtlari – Hiroshi Yamauchi hamda Jun Mihara yordam berishadi. Zaxira hakami – Yudai Yamamoto. 

O‘yin nazoratchisi iordaniyalik Omar Musa Xalaf Abu lum, komissar esa malayziyalik Mohd Sayfiddin Abu Bakar.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14-noyabr kuni Jahon chempionati-2022 saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.

O‘zbekiston Jahon chempionati-2022 saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin olgan. Guruhda O‘zbekiston terma jamoasiga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

Ilk uchrashuvda O‘zbekiston Falastinga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Shundan so‘ng O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilindi. Jamoa yangi bosh murabbiy Vadim Abramov boshchiligida keyingi o‘yinlarni Yaman va Singapurga qarshi o‘tkazib, yirik hisobda g‘alaba qozongan edi. Kuni kecha Qirg‘iziston jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida ham "oq bo‘rilarning" qo‘li baland keldi. 

Yangiliklar lentasi
0