Tramp Erdo‘g‘onga “yog‘liq” bitim taklif qildi – WP

© Sputnik / Mixail KlimentyevPrezident Tureskoy Respubliki Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tureskoy Respubliki Redjep Tayip Erdogan  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya yetakchisi Tayyib Erdo‘g‘onga 100 mlrd dollarlik savdo bitimini taklif qildi.

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya yetakchisi Tayyib Erdo‘g‘onga 100 mlrd dollarlik savdo bitimi hamda Anqara S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olgani uchun unga qarshi kiritilishi kerak bo‘lgan sanksiyalar atrofidagi vaziyatni hal qilishda yordam taklif qildi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar qilmoqda.

Gossekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Turkiya bilan urush boshlashga tayyor - AQSh davlat kotibi

Nashrning manbalariga ko‘ra, bu kabi takliflar Trampning o‘tgan hafta Erdo‘g‘onga yo‘llagan maktubida bildirilgan.

Gazetada yozilishicha, Trampning ushbu takliflari, ehtimol, AQSh kongressi a’zolarining “jazavasini qo‘ziydi. Chunki ular o‘tgan oyda Suriyadagi harbiy amaliyot uchun Anqaraga qarshi sanksiyalar kiritishni qo‘llab-quvvatlashgan edi.

Turkiya prezidenti Tayyib Erdo‘g‘on 13-noyabrda AQShga tashrif buyuradi va Donald Tramp bilan uchrashib, eng yangi qiruvchi samolyotlar, Rossiya va AQSh majmualari S-400 va Patriot’ni sotib olishni hamda Suriyadagi vaziyatni muhokama qiladi.

Anqaraga Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualari yetkazib berilishi Turkiya va AQSh munosabatlariga sovuqchilik tushirdi. Amerika Turkiyaga bir necha marta po‘pisa qildi. Biroq Turkiya bu tahdidlarga parvo qilmasdan S-400 xarid qildi. Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ZRM 2020-yilda to‘liq harakatga keltiriladi.

Yangiliklar lentasi
0