TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Turkiya bilan urush boshlashga tayyor, deb bayonot qildi AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo CNBC telekanaliga bergan intervyusiga.
Pompeo Tramp Anqaraga qarshi harbiy harakatlarga tayyorligini, biroq Vashington "urushdan koʻra tinchlikni afzal koʻrishini" taʼkidladi.
"Lekin siz bilishlaringiz shart: agar harbiy harakatlarga zarurat tugʻilsa, prezident bu qarorni qabul qilishga toʻlaligicha tayyor", - dedi Davlat departamenti rahbari.
Turkiya 9 oktyabrdan Suriya shimoli-sharqida qurd otryadlariga qarshi "Tinchlik bulogʻi" nomli operatsiyani oʻtkazmoqda. 17 oktyabr kuni AQSH va Turkiya bu operatsiyani 120 soatga toʻxtatib turishga va qurdlardan tashkil topgan otryadlarni Turkiya-Suriya chegarasidagi Anqara mustaqil nazorat qilishni xohlayotgan 30 kilometrlik bufer zonadan chiqarishga kelishdi.
Suriya hukumati Turkiyaning SARdagi bosqinchilik siyosatini koʻp marotaba qoralagan. Moskva Anqara Suriyada 2011 yildan buyon davom etib kelayotgan mojaroni barqarorlashtirish yoʻliga toʻsiq boʻladigan harakatlardan tiyilishi zarurligini taʼkidladi.
21 oktyabr kuni turk harbiy operatsiyasi tufayli Suriyadagi 12ta chet el jangarilari saqlangan qamoqxonalar qoʻriqchilarsiz qolgani maʼlum boʻldi. Mahbuslar oʻz tarixiy vatanlariga qaytishlari mumkin.