TOShKENT, 11 noya - Sputnik. O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini taraqqiy ettirish yo‘lida ulkan intilishlarga ega, dedi Valday klubining Samarqanddagi konferensiyasi ishtirkochisi Stanislav Pritchin.
“O‘zbekistonning mintaqadagi ikki asosiy iqtisodiy sherigi bo‘lgan Rossiya ham Qozog‘iston ham YeOIIga a’zo va bu shunday yo‘nalish-ki, mintaqaviy hamkorlikdagi pazlning (jumboq) yetishmagan qismidir. Mintaqaviy tuzilmaga a’zo bo‘lgach, O‘zbekistonning o‘z manfaatlarini ilgari surishda, o‘z eksporterlari manfaatlarini himoya qilish yo‘lida kuchli vositalari paydo bo‘ladi. Zero, endilikda ularning YeOII doirasida umumiy makonga o‘z mahsulotlarini to‘siqlarsiz olib kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, - dedi ekspert konferensiya davomidagi suhbatlarining birida.
Migrantlar masalasi ham bu yo‘nalishda o‘ta muhimligini rossiyalik olim ta’kidlab o‘tdi. YeOIIga a’zolik O‘zbekiston fuqarolarining ushbu ittifoqda mehnat qilishlarida mavjud barcha imtiyoz va preferensiyalarga ega bo‘lishiga asos yaratadi, deya qayd etdi Pritchin.
Ekspert: chlenstvo v YeAES – element pazla, kotorogo ne xvatayet Uzbekistanu