O‘zbekiston va Rossiya intellektual elitalari o‘rtasida aloqalar mustahkamlanadi

© Sputnik / Yuriy KorsunsevPredsedatel soveta Fonda razvitiya i podderjki kluba "Valday" Andrey Bistriskiy i direktor ISMI Eldor Aripov
Predsedatel soveta Fonda razvitiya i podderjki kluba Valday Andrey Bistriskiy i direktor ISMI Eldor Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjat “Valday” klubi Taraqqiyot va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi raisi Andrey Bistriskiy va SMTI rahbari Eldor Aripov o‘rtasida imzolandi.

TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Valday” klubining X Osiyo anjumani doirasida “Valday” Xalqaro muzokaralar klubi Taraqqiyot va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Hujjat “Valday” klubi Taraqqiyot va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi raisi Andrey Bistriskiy va  SMTI rahbari Eldor Aripov o‘rtasida imzolandi.

Tomonlar, xususan, global kun tartibini shakllantirish, dunyoda kechayotgan siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga obyektiv baho berish, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida, shu jumladan, Markaziy Osiyodagi intellektual elitalari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash ustida ishlash istagini bildirdilar.

Prezident Rossii Vladimir Putin na zasedanii Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston
Putin Sochida o‘tgan Valday klubida Osiyo haqida nima degan edi?

Bitim matniga ko‘ra, ekspertlar bilan uchrashuvlar, forumlar, anjumanlar o‘tkazish, birgalikdagi hamkorlikdagi tadqiqotlarni e’lon qilish, o‘zaro intellektual elitalar vakillari va ekspertlar hamjamiyati tashriflarini amalga oshirish orqali bilan ushbu maqsadlarga erishish mumkin.

Samarqand shahrida hamkorlikdagi anjumanning o‘tkazilishi ikki mamlakat ekspertlari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning birinchi qadam bo‘ladi.

Xalqaro munosabatlar, global siyosat, iqtisod, xavfsizlik, energetika, jamiyatshunoslik, kommunikatsiya va shu kabi boshqa sohalarda zamonaviy tendensiyalar haqida ma’lumot almashish ham tomonlar o‘rtasida samarali muloqot yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0