TOShKENT, 10 noya – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochi shahrida o‘tkazilgan an’anaviy “Valday” anjumanida global muammolarni endi Osiyo mamlakatlari ishtirokisiz hal etish mumkin emas, deb ta’kidlagan edi.
Bu bilan Rossiya yetakchisi dunyodagi yangi tartiblarga ta’rif bergandi.
“Bugun shu narsa aniq bo‘lmoqda-ki, global muammolarni Osiyosiz hal etish mumkin emas. Albatta, inersiya bilan nimadir qilishga urinish mumkin. Ammo globallik va universallikka da’vo qilayotgan bu kabi qarorlarning qonuniyligi, eng asosiysi, qadri juda shubhalidir”, - deb ta’kidlagan edi Putin.
Rossiya yetakchisi g‘ayritabiiy va sirli Osiyoga nisbatan hamisha qiziqish bo‘lganligi, Rossiyaning osiyo davlatlari bilan munosabatlari xarakteri bugungi kun talabi emasligi, balki tarixiyligiga urg‘u bergandi.
“Ziyolilar, ijodkor insonlar orasida Osiyo hamisha o‘zgacha his-tuyg‘ularni uyg‘otgan, biroz sirli va mistik tuyular, ma’naviy kuch va donishmandlik manbai sifatida dovruq qozongan edi, ehtimol uni oxirigacha tushunish mumkin bo‘lmagandir, lekin unga nisbatan qiziqish hamisha kuchli bo‘lgan”, - deya ta’kidlagan edi Vladimir Putin.
Eslatib o‘tamiz, “Valday” muzokaralar klubining X Osiyo anjumani “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizliklar qarshisida ko‘pqirrali hamkorlik” mavzusida Samarqandda o‘tkazilmoqda.
Osiyo va Yevroosiyo mamlakatlari bugungi kunda butun dunyo va mintaqa taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan qator chaqiriqlar oldida turibdi. Ushbu chaqiriqlarga xavfsizlik masalalariga yechim topish va mintaqa mamlakatlari taraqqiyotiga olib keluvchi uzoq muddatli maqsadlarga erishishga qaratilgan ko‘pqirrali hamkorlikni faollashtirish bilangina javob qaytarish kerak. Ushbu ustuvor vazifalarning birlashuvi esa uzoq muddatli barqarorlikka erishishda yordam beradi va mintaqani negativ tashqi omillardan himoyalaydi. Samarqanddagi “Valday” anjumanida bo‘ladigan diskussiyalar shu maqsadlarga erishish yo‘llari muhokama qilinadi.