G‘arbning eng katta xatosi nimada – Gorbachov fikri

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMixail Gorbachev
Mixail Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachov o‘zining yangi kitobini yozib tugatdi. Unda siyosatchi G‘arbning eng katta nima ekanligiga to‘xtalib o‘tib, o‘z fikrlarini bayon etgan.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachov NATOni kengaytirish qarorini G‘arbning eng katta strategik xatosi deb bilishini ma’lum qildi.

“Men hech qachon o‘z fikrimni yashirmaganman: NATOni kengaytirish qarori G‘arbning eng katta strategik xatosi, Yevropada va undan tashqarida harbiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish sari qo‘yilgan qadam edi”, - deya yozgan u o‘zining “Chto postavleno na kartu: budushee globalnogo mira” (badiiy tarjimasi – “Xavf ostida: dunyo kelajagi”) kitobida. Kitob mazmuni bilan tanishib chiqqan RIA Novosti undan parcha keltirgan.

Bivshiy prezident SSSR Mixail Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston
Gorbachov sovuq urushda kim g‘olib bo‘lganini aytdi

Sisosatchi, shuningdek, sovuq urushning yakunlanish arafasida bu masala qanday hal qilinganini ta’riflagan. O‘shanda NATOda ham, Varshava shartnomasida ham harbiy doktrinalarni qayta ko‘rib chiqish jarayonlari bo‘lib o‘tgan, alyans a’zolari imzolagan qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sovet rahbariyati o‘sha payt qo‘lidan kelgan barcha ishni qilgan. Gorbachov ta’kidiga ko‘ra, Varshava shartnomasi tashkiloti sharoitida Sharqiy Yevropada NATOni tarqatmaslik to‘g‘risidagi qandaydir “qonuniy majburiy shartnoma”ni taklif qilish bema’nilik bo‘lgan bo‘lar edi va ularni Varshava shartnomasini o‘z qo‘llari bilan buzganlikda ayblashlari mumkin edi.

NATOni kengaytirish qarori tomonlar o‘rtasidagi ishonchga putur yetkazdi va “Rossiya bundan o‘ziga xulosa chiqardi”, deya xulosa qilgan Gorbachov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Gorbachov Sovet Ittifoqi va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi sovuq urushning tugashi umumiy g‘alaba bo‘lgan deb hisoblashi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0