O‘n oy ichida Toshkentga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzobilie razlichnix fontanov na territorii Tashkent-Siti
Izobilie razlichnix fontanov na territorii Tashkent-Siti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning yanvar oyidan oktabr oyigacha bo‘lgan davr ichida Toshkent shahriga kelgan sayyohlar oqimi 42% ga o‘sdi.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. 2019 yilning yanvar-oktabr oylarida Toshkentga 498 731 nafar sayyoh tashrif buyurdi. O‘tgan yilga qaraganda sayyohlar oqimi 42% ga o‘sdi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, avval xorijiy turistlar Toshkentga asosan turistik mavsumda kelgan bo‘lsa, hozirda bu vaziyat tubdan o‘zgargan.

Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti mutasaddilarining so‘zlariga ko‘ra, o‘rtacha hisobda sayyohlar Toshkentda 2 kunga qolishadi.

Folklornie ansambli predstavlyali vse oblasti strani na festivale Boysun baxori - Sputnik O‘zbekiston
Mashhur bloger turistlarga Qozog‘istonga emas, O‘zbekistonga borishni maslahat bermoqda

Hozir departament ularning Toshkentda 3-4 kun qolishi uchun harakat qilmoqda. Buning uchun hokimlik yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqmoqda hamda turistik tashkilot va operatorlarga Toshkentni o‘z marshrutlariga kiritishni har oy taklif qilib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda turizm sohasini takomillashtirish borasida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakat vizasiz mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirdi. Prezident O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qildi. Ma’lum qilinishicha, mazkur qonunning qabul qilinishi mamlakatning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni to‘la-to‘kis yuritilishiga huquqiy kafolat yaratadi. Bundan tashqari, mamlakatda turizmga bag‘ishlangan turli xalqaro festival va yarmarkalar bo‘lib o‘tmoqda. Shuningdek, turistik faoliyat va xizmatlar uchun soliq imtiyozlari berilgan. 

Yangiliklar lentasi
0