Nodira Qodirovaning o‘limi har tomonlama va sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda – Turkiya elchisi

© UPLZagadochnaya istoriya uzbekistanki, pokonchivshey s soboy v Tursii
Zagadochnaya istoriya uzbekistanki, pokonchivshey s soboy v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya elchisi Anqara shahrida Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatga tushuntirish olish TIVga taklif qilindi.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov Turkiya elchisi Er Mehmet Surayya bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Turkiya elchisi 23-sentabr kuni Anqara shahrida O‘zbekiston fuqarosi Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatga tushuntirish olish taklif qilingan.

Zagadochnaya istoriya uzbekistanki, pokonchivshey s soboy v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Nodira Qodirovaning o‘limida shubhalar ko‘paymoqda

Uchrashuvda elchi O‘zbekiston fuqarosi vafotiga olib kelgan fojiali voqea munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirgan. Elchi hozirgi paytda Turkiyaning tegishli idoralari har tomonlama va sinchkovlik bilan tergov o‘tkazayotganini, ushbu ishga doir barcha holatlar o‘rganilayotganini aytgan.

Shuningdek, elchi tergov obyektiv olib borilishi, O‘zbekiston tomoni esa tezkor va muntazam tarzda tergovning borishi va natijalari to‘g‘risida xabardor qilinishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Shirin Unalning uyida 1-yildan beri ishlab kelayotgan 23 yoshli o‘zbekistonlik Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilgan edi. O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi Nodira Qurbonovaning fojiali o‘limi bilan bog‘liq vaziyat o‘z nazoratida ekanligini ma’lum qilgan. Shirin Unal o‘zbekistonlik Nodira Qodirovaning o‘limi haqida bosh prokurorga qanday ko‘rsatma bergani OAVga ma’lum bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0