Nodira Qodirovaning o‘limida shubhalar ko‘paymoqda

© UPLZagadochnaya istoriya uzbekistanki, pokonchivshey s soboy v Tursii
Zagadochnaya istoriya uzbekistanki, pokonchivshey s soboy v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deutche Welle Turkiyalik deputat uyida vafot etgan Nodira Qodirovaning o‘limi voqeasidagi shubhali ma’lumotlarga e’tibor qaratdi.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Bir necha kun oldin Turkiya deputatining uyida o‘zini o‘zi o‘ldirgan o‘zbekistonlik Nodira Qodirovaning o‘limida gumonlar ortmoqda, deb xabar qildi Deutche Welle nashri.

Zagadochnaya istoriya uzbekistanki, pokonchivshey s soboy v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
"Nodira nega o‘z joniga qasd qildi?": Turkiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik qiz voqeasi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Nodiraning o‘limida bir necha shubhali holatlar mavjud. Birinchidan uning akasi Muhammad Qodirov voqea joyiga yetib kelgannida nega uni ichkariga kiritishmagan va kasalxonada ham ko‘rishga ruxsat berishmagan?

Ikkinchidan, shuningdek, Nodiraning o‘limini surishtirish uchun o‘z ixtiyori bilann ish boshlagan ko‘ngilli advokat Muyde Tozbey ushbu ishda tergov amaliyotiga zid ravishda ko‘plab xatoga yo‘l qo‘yilganini aytmoqda:

  • Nega Nodiraning atrofida bo‘lgan kishilarning barmoq izlari olinmagan?
  • Nega Nodiraning tanasida bo‘lgan qo‘l izlari va boshqa izlardan namuna olinmagan?   
  • Nega Nodira tanasida DNK va jinsiy aloqa izlari tekshirilmagan?  
  • Nega uning xonasidan, DNK, soch va qo‘l izlari, shubhali predmetlar olinmagan?
  • Nodira vafot etgan holatining texnik jihatlari: otish burchagi, masofalari o‘rganilmagan;
  • Nodira o‘limidan keyin olingan suratda nega qurol jurnal ichida, buning sababi aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ishda Turkiya politsiyasi jurnalistlarga hech qanday qo‘shimcha ma’lumot bermagan. Deputat Shirin Unal ham Bosh prokurorga bergan ko‘rsatmasidan boshqa ma’lumot xabar qilmagan.

Nashr xabariga ko‘ra, ayni damda Nodira Qodirovaning jasadi O‘zbekistonga olib kelingan va sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmasdan dafn etilgan. Uning qarindoshlari jurnalistlar bilan aloqa qilishdan voz kechishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0