TOShKENT, 9 noya — Sputnik. “Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Tasdiqlangan qoidalarda, jumladan, quyidagilar belgilandi:
- maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni tashkil qilish tartibi;
- qattiq, suyuq, yirik gabaritli va qurilish chiqindilarini yuklash hamda tashish tartibi;
- maishiy chiqindilarni poligonlarga (chiqindixonalarga) joylashtirish tartibi;
- chiqindi tashishga ixtisoslashtirilgan transport vositalarining harakat yo‘nalishlarini belgilash tartibi;
- ixtisoslashtirilgan transport vositasi va uning ekipajiga, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar.