TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Toshkent shahri bo‘ylab 66 mingdan ortiq zamonaviy chiqindi qutisi o‘rnatiladi. Bu haqda “Maxsustrans” matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha,Toshkent shahar hokimiyati bilan mazkur masalada muzokaralar olib borilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kuniga mahalla va korxonalardan 1800 tonna chiqindi yig‘iladi va bu 45 ta temir yo‘l vagoniga teng. Ushbu chiqindilarni tashish uchun kuniga 240 ta og‘ir yuk tashuvchi texnika xizmat ko‘rsatadi.
O‘tgan yil davomida 10 mingdan ortiq 1100 litr va 750 litr hajmdagi chiqinda qutilar o‘rnatilgan. Joriy yilning o‘tgan davrida esa 2000 dan ortiq o‘rnatilib, shundan 300 dan ortig‘i surunkali chiqindi to‘planadigan joylarga o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda joriy yilning 1-fevralidan chiqindilarni tashib ketganlik uchun tariflar oshirilgan edi.