Avvalroq Turkiya aviatsiyasi kurd tuzilmalari shtabiga zarba berib, AQShni darg‘azab qilgandi. Zero Amerika kurd ko‘ngillilaridan tashkil topgan va o‘ziga Bashar Asad rejimiga qarshi kurashishda yordam beradigan “Ozod Suriya armiyasi”ni moliyalashtiradi va qurol-yarog‘ bilan ta’minlaydi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Anqaraga dahshatli oqibatlar bilan tahdid qildi.
“Avval ham qat’iy ta’kidlaganimdek, hozir ham qaytaraman, agarda Turkiya mening buyuk tengsiz donoligimga muvofiq chegarani kesib o‘tadigan bo‘lsa, men Turkiya iqtisodiyotini avval qilganimdek butunlay yo‘qotib vayron qilaman", - deb yozdi u Twitter᾽da.
Rossiya kurdlarni qo‘llab-quvvatlamoqchi emas.
“Biz Turkiyaning o‘z xavfsizligini ta’minlash borasidagi harakatlarini bilamiz va bunga yo‘l qo‘yamiz, Suriya hududida yashirinishi mumkin bo‘lgan terroristik elementlarga qarshi kurashish nazarda tutilmoqda. Lekin yana bir bor takrorlayman: birinchi navbatda biz Suriyaning hududiy va siyosiy yaxlitligiga rioya qilish kerakligi haqida gapirmoqdamiz”, - deya ma’lum qildi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.